Boysundagi gaz konida avariya yuz bergach, “Gazeta.uz” shu hodisaga aloqador bir necha katta materiallar tayyorladi. “Oy materiali” podkastining navbatdagi sonida ushbu materiallarni tayyorlagan Otabek Turdiyev va Ziyoda Ramazonova jarayon qanday bo‘lgani va umuman o‘z tajribasi bilan bo‘lishdi.
“Gazeta.uz” tahririyati YouTube’dagi o‘zbekistonlik mualliflar tomonidan tayyorlanayotgan kontentning oyma-oy sarhisobini berishda davom etadi. Mart oyi sarhisobidan millionlab ko‘rilgan videolar ham, e’tiborga molik yangi “tug‘ilgan” loyihalar ham bor.
2023-yili YouTube`da o‘zbekistonlik kontent mualliflari sezilarli faollashgani munosabati bilan “Gazeta.uz” tahririyati yil yakunlari bo‘yicha o‘z tavsiyalari bilan o‘rtoqlashgan edi. Shu ishning mantiqiy davomi sifatida YouTube`da fevral oyida chiqqan videolar bo‘yicha ham kichik sarhisob tayyorlandi.
“Gazeta.uz” o‘zbek tahririyati e’lon qilinayotgan maqolalar orasidan har oy eng yaxshisini tanlab, uning mualliflari bilan alohida videosuhbat uyushtirishga qaror qildi. Iyul yakuniga ko‘ra, jurnalist Xolida Musulmonning “Qishloqdagi abituriyent do‘stimga” fotohikoyasi oy materiali deb topildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting